35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik sohasiga oid qonunlar o‘rganilmoqda
янв.21
Ko‘p qavatli uylar xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
NURAFSHON MFYDA FUQARO MUROJAATI O‘RGANILDI
янв.21
8 VA 23-BANDLAR IJROSI: BOSTON MFYDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
Yangi qo‘rg‘on MFYdagi muammo o‘rganildi
янв.21
14-BAND IJROSI: Elektr simyog‘ochlarini yangilash bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYdagi ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Dorixonalardagi faoliyat o‘rganildi
янв.21
“Huquq va iste’molchi” iqtisodiy-ijtimoiy, huquqiy-ommabop gazetasining navbatdagi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.
30 IYUL — XALQLAR DO‘STLIGI KUNI

30 IYUL — XALQLAR DO‘STLIGI KUNI

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillarini, barcha yurtdoshlarimizni Xalqlar do‘stligi kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Yurtimiz azaldan turli millat vakillari tinch-totuv, ahil va hamjihat yashab kelayotgan muqaddas zamin sifatida dunyoga tanilgan. Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik xalqimizning bebaho boyligi, davlatimiz barqarorligi va taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi.

➡️Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda barcha millat va elat vakillarining tili, madaniyati, urf-odatlari va qadriyatlarini asrab-avaylash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

➡️Uzun tumani ham asrlar davomida turli millat vakillarini birlashtirib kelayotgan do‘stlik va hamjihatlik maskani sifatida mamlakatimizda alohida o‘rin tutadi. Bugun tumanimizda yashovchi turli millat va elat vakillari yagona maqsad — Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida hamjihatlikda mehnat qilmoqda.

💠Xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro hurmat va hamkorlik muhiti mamlakatimiz ravnaqi, tinchligi va kelajak avlodlar baxtining mustahkam kafolatidir.

💠Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, yurtimizga esa doimiy barqarorlik, millatlararo totuvlik va taraqqiyot tilaymiz!

✅Xalqlar do‘stligi kuni muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi