35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik sohasiga oid qonunlar o‘rganilmoqda
янв.21
Ko‘p qavatli uylar xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
NURAFSHON MFYDA FUQARO MUROJAATI O‘RGANILDI
янв.21
8 VA 23-BANDLAR IJROSI: BOSTON MFYDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
Yangi qo‘rg‘on MFYdagi muammo o‘rganildi
янв.21
14-BAND IJROSI: Elektr simyog‘ochlarini yangilash bo‘yicha murojaat ijobiy hal etildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYdagi ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Dorixonalardagi faoliyat o‘rganildi
янв.21
“Huquq va iste’molchi” iqtisodiy-ijtimoiy, huquqiy-ommabop gazetasining navbatdagi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.
Investitsiyalar – mamlakat taraqqiyotining muhim omili
Investitsiyalar – mamlakat taraqqiyotining muhim omili

2019-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-598) mamlakatimizda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirishga xizmat qiluvchi muhim huquqiy hujjat hisoblanadi. Qonunning asosiy maqsadi mahalliy va xorijiy investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar hamda investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunga ko‘ra, investitsiya faoliyati qonuniylik, ochiqlik, shaffoflik, investorlar huquqlarining tengligi va ularning manfaatlarini ishonchli himoya qilish tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Bu esa mamlakatimizda qulay investitsiya muhitini shakllantirish va yangi loyihalarni hayotga tatbiq etishga xizmat qiladi.
 Mazkur qonun investorlarga o‘z mablag‘larini erkin joylashtirish, investitsiya obyektlarini tanlash, olingan daromadlardan erkin foydalanish hamda qonunchilikda belgilangan kafolat va imtiyozlardan foydalanish huquqini beradi. Shu bilan birga, investorlar qonun hujjatlariga rioya etishi, atrof-muhitni muhofaza qilishi va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishi lozim.
 
Qonunda investitsiyalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ham belgilangan. Xususan, investorlar faoliyatining barqarorligi, mulk daxlsizligi, investitsiyalarni himoya qilish hamda nizolarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish kafolatlari mustahkamlangan.
Bugungi kunda mazkur qonun asosida yurtimizda sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish, infratuzilma va boshqa tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Bu esa yangi ish o‘rinlari yaratish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, eksport salohiyatini oshirish hamda aholi farovonligini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shmoqda.
“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun Oʻzbekistonda qulay investitsiya muhitini yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish va mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishini taʼminlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.