O‘rganish davomida hayvonlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish, veterinariya nazoratini kuchaytirish hamda fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi. Soha mutaxassislari bilan mavjud muammolar, ularni bartaraf etish hamda xizmatlar samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, deputat veterinariya dorixonasi faoliyatini ham ko‘zdan kechirib, dori vositalarining mavjudligi, saqlash sharoitlari, sifati va aholiga yetkazib berish tizimi bilan tanishdi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda veterinariya xizmatlari sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi, zarur masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.
️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi