35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
20-Kamolot saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat o‘z hududidagi veterinariya dorixonasi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Temiryo‘l atrofidagi obodonlashtirish ishlari deputat ishtirokida o‘rganildi
янв.21
Deputat Fidoyilar mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Xorijiy investorlar bilan hamkorlikda bandlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat veterinariya va chorvachilik sohasidagi faoliyat bilan tanishdi
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Nurafshon va Darg‘om mahallalaridagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Temiryo‘l atrofi hududlaridagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mo‘liyoni Poyon mahallasida tinchlik va osoyishtalik masalalari o‘rganildi
"Temiryo‘lchi" mahallasida piyodalar yo‘lakchasi va yoritish tizimi qurilishi deputat nazoratiga olindi!

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengashning 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugi deputati X.Fayzullayev okrukga qarashli “Temiryo‘lchi” mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisi X.Xasanov ishtirokida shahar Kengashining 2026-yil 6-fevraldagi VII-18-7-8-121-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdi.
Mazkur Kengash qarorining 2-bandi, 2-xatboshisida “Temiryo‘lchi” mahallasida piyodalar yo‘lakchasini qurish, yo‘lakni yoritish tizimini tashkil etish hamda yangi beton ustunlarini o‘rnatish ishlari uchun davlat budjetidan maxsus mablag‘lar yo‘naltirilishi belgilangan.
Biroq, deputat tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilganda, ushbu infratuzilma loyihasi hanuzgacha yakuniga yetkazilmaganligi, qurilish ishlari chala holatda qolib ketganligi hamda beton ustunlarda yangi kabellar chala holatda tashlab ketilganligi kuzatildi. Aholi uchun piyodalar yo‘lining yo‘qligi va yoritish tizimining ishga tushirilmagani fuqarolarning haqli e’tirozlariga hamda xavfsizlikka doir jiddiy xavflarga sabab bo‘lmoqda.
Aniqlangan barcha kamchiliklar deputat X.Fayzullayevning shaxsiy murojaat daftariga batafsil qayd etildi. Mazkur holat yuzasidan:
Qurilish ishlarini zudlik bilan jadallashtirish va belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash;
Beton ustunlar va yoritish tizimini to‘liq o‘rnatish;
Kengash qarori ijrosini kechiktirayotgan mutasaddi tashkilotlar mas’uliyatini o‘rganish va ulardan tushuntirish talab qilish maqsadida rasmiy deputatlik so‘rovi chiqarilishi belgilab olindi.
"Kengash qarori — bu qonuniy hujjat va uning ijrosi barcha mutasaddilar uchun majburiy. Piyodalar yo‘lakchasi qurilishi, beton ustunlar o'rnatilishi va yoritish tizimi uchun mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, u nega hanuzgacha yakunlanmagan? Bu borada qat'iy so'rov yuboramiz va ish oxiriga yetkazilmaguncha nazoratni bo'shashtirmaymiz," — deya ta'kidladi deputat.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlik nazorati — har bir qaror ijrosi uchun javobgarlik yo‘lida!

Slide 1 of 4