35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
20-Kamolot saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat o‘z hududidagi veterinariya dorixonasi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Temiryo‘l atrofidagi obodonlashtirish ishlari deputat ishtirokida o‘rganildi
янв.21
Deputat Fidoyilar mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Xorijiy investorlar bilan hamkorlikda bandlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat veterinariya va chorvachilik sohasidagi faoliyat bilan tanishdi
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Nurafshon va Darg‘om mahallalaridagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Temiryo‘l atrofi hududlaridagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mo‘liyoni Poyon mahallasida tinchlik va osoyishtalik masalalari o‘rganildi
Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasining "Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida"gi Qonuni (O‘RQ-226, 2009-yil 30-sentabr) mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi H. Pardayev hamda Shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi kichik inspektori
G'. Ro‘ziqulov hamrohligida targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida fuqarolarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, gaz va elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish, xonadonlarda yong‘in kelib chiqishining oldini olish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, aholiga yong‘inlarning oldini olish har bir fuqaroning mas'uliyati ekani ta'kidlanib, qonun talablariga rioya etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.