Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Samarqand shahrida Markaziy Osiyoda yagona zamonaviy istirohat bog‘i foydalanishga topshirildi
янв.21
Deputat amaliy yordami bilan fuqaro murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
Mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
Deputat saylovchilarga axborot berdi

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan nomzodi ilgari surilib, 3-“Aydarali” saylov okrugidan saylangan deputat Narbekov Yerbol Aydarbekovich 2026-yilning ikkinchi chorak yakuni bilan amalga oshirgan ishlari yuzasidan tumanning “Aydarali” mahallasida saylovchilariga axborot berdi.

Yig‘ilishda Kengash kotibiyati xodimi M.Tursunbayeva, “mahalla yettiligi” a’zolari va “Aydarali” mahallasi aholi vakillari ishtirok etdilar.

⬇️Yig‘ilishning kirish qismida deputat Y.Narbekov
mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, aholi farovonligi yo‘lida qabul qilinayotgan Qonunlar, Prezident Farmon va qarorlari mazmun mohiyatlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, Davlat Rahbari belgilab bergan “Kuchli Kengash, tashabbuskor va hisobdor hokim” tamoyili asosida vakillik organi va ijro hokimiyati hamkorligida olib borilayotgan ishlar haqida keng ommani xabardor qildi.

Shuningdek, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda va aholining hayotiy muammolarini hal etishda deputatlarning o‘rni, Kengash qarori asosida tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshirilayotgan ishlar, tumandagi “Og‘ir toifadagi mahallalar”, “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallalar”, “Chegaraoldi hududlardagi mahallalar”, “Zarbdor tajribasi”, “2026-2028-yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Deputat kun tartibidagi birinchi masala bo‘yicha axborotini berib, o‘tgan davr mobaynida aholidan kelib tushgan murojaatlar, muammolarni hal etish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari, yuborilgan deputat so‘rovlari va erishilgan natijalar yuzasidan axborot berdi. Shu bilan birga, kelgusiga mo‘ljallagan rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Yig‘ilish kun tartibining ikkinchi masalasi bo‘yicha “Aydarali” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi N.Amirkulov so‘zga chiqib, deputat bilan hamkorlikda olib borayotgan ishlar, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berdi hamda saylovchilar tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.