35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
20-Kamolot saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat o‘z hududidagi veterinariya dorixonasi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Temiryo‘l atrofidagi obodonlashtirish ishlari deputat ishtirokida o‘rganildi
янв.21
Deputat Fidoyilar mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Xorijiy investorlar bilan hamkorlikda bandlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat veterinariya va chorvachilik sohasidagi faoliyat bilan tanishdi
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Nurafshon va Darg‘om mahallalaridagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Temiryo‘l atrofi hududlaridagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mo‘liyoni Poyon mahallasida tinchlik va osoyishtalik masalalari o‘rganildi
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov tomonidan tumanning “S.Raximov” mahallasida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida hokim yordamchisi D.Axmedov faoliyati joyida tahlil qilindi.
🔺O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan aholini doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, ishsiz fuqarolarni bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilish, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
🔺O‘rganish yakunida aholi farovonligini yuksaltirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan har bir chora-tadbir doimiy deputatlik nazoratida bo‘lishi ta’kidlanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 1