Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Mingtut MFYda hududiy muammolar o‘rganildi.
янв.21
Xususiy dorixonalardagi narxlar va farmatsevtika faoliyati jamoatchilik nazoratida.
янв.21
Yoshlarga e’tibor — millat kelajagiga e’tibordir!
янв.21
Mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Bahodir Ubaydullayevich Rahmanov faoliyatidan
янв.21
Tadbirkor murojaati joyida o‘rganildi.
янв.21
Qurilish obyektlari faoliyati va qonunchilik talablari o‘rganildi.
янв.21
Fuqaro murojaati joyida o‘rganildi.
Deputat_so‘rovi

Deputat_so‘rovi

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputati tomonidan Chotqol mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazilgan o‘rganishlar hamda fuqarolar murojaatlari asosida aniqlangan muammolar yuzasidan ijro hokimyat organlariga shahar hokimining birinchi o'rinbosari Y.Naraliyevga deputat so‘rovi yuborildi.

O‘rganishlar davomida Chotqol MFY Samarqand ko‘chasining 50-uydan 58-uygacha bo‘lgan 350 metr uzunlikdagi ichki yo‘lning shag‘al qoplamali ekani, yo‘lning bugungi kunda transport vositalari va piyodalar harakatlanishi uchun noqulay holatga kelgani aniqlandi.

Deputat so‘rovida mazkur yo‘lni mutaxassislar ishtirokida qayta o‘rganish, uni asfaltlashtirishni tegishli hududiy dastur yoki manzilli ro‘yxatga kiritish hamda zarur mablag‘lar ajratilib, amaliy ishlarni tashkil etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan.

Mazkur masala yuzasidan deputat so‘rovi ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olinib, tegishli tashkilotning qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma javobi kutilmoqda.