#senat_seminar
Seminarda ishtirok etildi
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, Kengash kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Hududiy vakillik organlarini o‘rganish markazi tomonidan tashkil etilgan seminarda ishtirok etdi.
Seminar davomida mahalliy vakillik organlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda Kengashlar ish samaradorligini oshirishga oid masalalar yuzasidan fikr va tajribalar almashildi.
Tadbirda ilg‘or tajribalarni o‘rganish, qonunchilikdagi yangiliklarni amaliyotga tatbiq etish hamda mahalliy Kengashlar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash