Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
Nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi

️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.K.Narbayeva rahbarligida videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining sayyor majlisida “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish dasturlarida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini o‘rganish natijalari muhokamasi to‘g‘risida”gi masala yuzasidan ko‘tarilgan muammolarga ijobiy yechim topish, shuningdek, xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 7-, 34- va 36-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining 15-Telpakchinor saylov okrugi deputati, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova hamda tegishli hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida hududda nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.
Nazorat-tahlil tadbirlari davomida hududdagi 9-son va 34-son maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati atroflicha o‘rganildi. Xususan, bolalar qamrovi, tarbiyalanuvchilar uchun sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanishi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda oshxona faoliyatining amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etilganligi yuzasidan tahlillar olib borildi.
️ Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlarini, shuningdek, imtiyozli va maxsus kontingent toifasiga kiruvchi bolalarni belgilangan tartibda yo‘llanmalar asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish holati ham o‘rganildi. Ushbu yo‘nalishda yuritilayotgan hujjatlar, qabul jarayonining shaffofligi hamda amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Nazorat-tahlil tadbirlari yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni ijobiy hal etish hamda ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.
Slide 1 of 3