Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Fuqarolar murojaati — deputat nazoratida: "Abdulla Avloniy" mahallasida infratuzilma muammolari joyida o‘rganildi!
Xususan:

🟢Hududdagi bir qator ko‘p qavatli uylarning ta’mirlash ishlari oxiriga yetkazilmaganligi, bu esa aholi uchun noqulayliklar yaratib, binolarning estetik ko‘rinishiga putur yetkazayotganligi kuzatildi.

🟢Bolalar maydonchasi qarovsiz qolgan, o‘yin qurilmalari eskirgan holatda ekanligi aniqlandi.

🟢Hududda ichimlik suvi quvurlarida muntazam nosozliklar va sizib chiqishlar kuzatilayotganligi, bu esa aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi ma’lum bo‘ldi.

🫥Aniqlangan barcha kamchiliklar va fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni har tomonlama o‘rganib, ularga aniqlik kiritish hamda bartaraf etish maqsadida, mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi qat’iy belgilab olindi.

💬 "Aholimiz bizga ishonib murojaat qilgan ekan, biz ularning muammolariga o‘z vaqtida va amaliy yechim topishimiz shart. Ko‘p qavatli uylardagi nosozliklar, bolalar maydonchalarining xavfli holati va suv muammosi — bularning barchasi bizning doimiy nazoratimizda bo‘ladi," — deya ta'kidladi Kengash raisi D.Normuradova.
Slide 1 of 4