Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Haftalik ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Huquqbuzarliklarning oldini olish – tinch va xavfsiz jamiyat garovi!
янв.21
Odam savdosiga qarshi kurashish – inson qadr-qimmatini himoya qilish demakdir!
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Yoshlar bilan ishlash — kelajakka qaratilgan muhim investitsiya!
янв.21
Har bir bolaning huquqi – davlat himoyasida!
янв.21
Sog‘lom turmush tarzi – sog‘lom jamiyat poydevori!
янв.21
Reproduktiv salomatlik – sog‘lom oila va sog‘lom avlod poydevori!
янв.21
Samarqandda "Samarqand – birodar shaharlar yoshlar va OAV vakillari muloqot maydoni" mavzusida xalqaro pres-tur tashkil etildi.
янв.21
Maktablarda imtihon jarayonlari deputat tomonidan o‘rganildi.
Samarqand viloyatida yana 427 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.

Samarqand viloyatida yana 427 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.

🔹 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining joriy yilning 1-iyuldagi VII-32--7-0-K/26-sonli qarori bilan fuqarolarning yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqi e’tirof etildi.

Jumladan:
⚡️Bulung‘ur tumani 83 ta,
⚡️Ishtixon tumani 7 ta,
⚡️Jomboy tumani 44 ta,
⚡️Kattaqo‘rg‘on shahar 1 ta,
⚡️Kattaqo‘rg‘on tumani 48 ta,
⚡️Narpay tumani 14 ta,
⚡️Nurobod tumani 17 ta,
⚡️Oqdaryo tumani 9 ta,
⚡️Pastdarg‘om tumani 70 ta,
⚡️Paxtachi tumani 33 ta,
⚡️Payariq tumani 6 ta,
⚡️Qo‘shrabot tumani 12 ta,
⚡️Samarqand shahar 3 ta,
⚡️Samarqand tumani 54 ta,
⚡️Toyloq tumani 7 ta,
⚡️Urgut tumani 19 ta.

✅Viloyat Kengashi deputatlari tasdiqlagan mazkur qaror bilan 427 nafar fuqarolar o‘z mulklariga nisbatan to‘liq huquqiy egalik, foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa nafaqat mulkiy huquqlarning ta’minlanishi, balki kelgusida kredit olish, meros qoldirish, yoki mulkni rasmiy tarzda sotish kabi fuqarolik-huquqiy munosabatlarni ham yengillashtiradi.

⭐️Ma’lumot uchun, qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatimizda 12 068 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi. Qonun ijrosi bo'yicha ishlar tizimli davom etmoqda.

Slide 1 of 1