Mahalladagi dolzarb masalalar o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 23-Navbur saylov okrugidan saylangan deputat Q.Igamberdiyeva o‘zi saylangan saylov okrugi hududidagi "Istara" mahallasiga tashrif buyurib, Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan o‘rganish olib bordi.
Tashrif davomida mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim hamda yoshlar yetakchisi tomonidan hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, mahalla idorasiga tashrif buyurgan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni ijobiy hal etish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram