“YO‘LDOSHOBOD” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
🏛 Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov tomonidan o‘z saylov okrugiga qarashli “Yo‘ldoshobod” mahallasida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
📊 Jarayon mobaynida fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, murojaat bilan kelgan aholi vakillarining muammolari shaxsan tinglandi, mavjud masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda ularni hal etish bo‘yicha tegishli yo‘nalishlar belgilab olindi.
👩🦰 Shuningdek, xotin-qizlar masalalari alohida e’tiborga olinib, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda jamiyatdagi faolligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
✅ Yakunda bildirilgan taklif va murojaatlarni o‘rganib chiqish, ularni tezkor va samarali hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.