“YO‘LDOSHOBOD” MAHALLASIDA JOYIGA CHIQIB O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
🏛 Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov tomonidan o‘z saylov okrugiga qarashli “Yo‘ldoshobod” mahallasida fuqarolar murojaatlari ijrosini ta’minlash hamda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni o‘rganish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
🔥 Xususan, hudud aholisini suyultirilgan gaz (LPG) yetkazib berish masalasi ham ko‘rib chiqilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va ta’minot uzluksizligini ta’minlash ko'zdan kechirildi.
📊 Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot jarayonida bildirilgan murojaatlar shaxsan tinglanib, har bir masala yuzasidan tegishli yechim topish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab olindi.
✅ Yakunda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirish hamda murojaatlarni o‘z vaqtida va samarali hal etish yuzasidan mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.