Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Samarqandda "Samarqand – birodar shaharlar yoshlar va OAV vakillari muloqot maydoni" mavzusida xalqaro pres-tur tashkil etildi.
янв.21
Maktablarda imtihon jarayonlari deputat tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Mirzo Bedil MFYdagi oziq-ovqat do‘konlari va “Sogdiana” filiali hamda “Asiya Alliance Bank” faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mir Said Baraka MFYda korxona faoliyati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Maktabgacha ta’lim va tarbiya — farzandlarimiz kelajagining mustahkam poydevori!
янв.21
BARQAROR BANK TIZIMI – ISHONCHLI IQTISODIYOT POYDEVORI
янв.21
Samarqand shahar suv ta’minoti tizimi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Toirovlar tomonidan “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘inining ijtimoiy xodimi Muxayyo Nurmatovaning ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan mahalla hududida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, shuningdek, ularni ijtimoiy himoya tizimiga kiritish bilan bog‘liq jarayonlar tahlil qilindi.

Ma’lumki, fuqarolarni ijtimoiy himoya tizimiga kiritish hamda ularga davlat ijtimoiy yordamlarini tayinlash jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 681-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Mazkur qarorga muvofiq, ijtimoiy reyestrga fuqarolar mahalla darajasida ijtimoiy xodimlar tomonidan o‘rganilib, ularning ijtimoiy holati tegishli mezonlar asosida baholanadi hamda vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadi.
Shuningdek, ijtimoiy xodim faoliyatida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni aniqlash, ularni reyestrga kiritish uchun zarur ma’lumotlarni shakllantirish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish holati ham o‘rganildi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra aniqlangan ayrim kamchilik va takliflar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda ish faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Mazkur o‘rganish ishlari mahalla darajasida ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2