Qonunning asosiy maqsadlari:
Har bir bolaning sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olish huquqini ta’minlash;
Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish;
Bolalarning intellektual, ma’naviy-axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash;
Inklyuziv ta’limni rivojlantirish va barcha bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratish;
Ota-onalar hamda ta’lim tashkilotlarining huquq va majburiyatlarini belgilash.
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati B.Asrorova tomonidan aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida amaldagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot ishlari muntazam davom ettirilmoqda.
Farzandlarimizning baxtli kelajagi — bugungi sifatli ta’lim va tarbiyadan boshlanadi!