Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Haftalik ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Huquqbuzarliklarning oldini olish – tinch va xavfsiz jamiyat garovi!
янв.21
Odam savdosiga qarshi kurashish – inson qadr-qimmatini himoya qilish demakdir!
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Yoshlar bilan ishlash — kelajakka qaratilgan muhim investitsiya!
янв.21
Har bir bolaning huquqi – davlat himoyasida!
янв.21
Sog‘lom turmush tarzi – sog‘lom jamiyat poydevori!
янв.21
Reproduktiv salomatlik – sog‘lom oila va sog‘lom avlod poydevori!
янв.21
Samarqandda "Samarqand – birodar shaharlar yoshlar va OAV vakillari muloqot maydoni" mavzusida xalqaro pres-tur tashkil etildi.
янв.21
Maktablarda imtihon jarayonlari deputat tomonidan o‘rganildi.
#deputat_faoliyati


➡️Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashiga 26-Jondor saylov okrugidan saylangan deputat L.Ergasheva, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 2-Aleli saylov okrugidan saylangan deputat Z.Shomurodova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar “Rabot” mahallasida tashkil etilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazi faoliyati bilan tanishdilar.
➡️Tashrif davomida markazda xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning doimiy bandligini ta’minlash, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, markazda yaratilgan shart-sharoitlar va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi.
➡️Uchrashuv yakunida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4