O‘rganish davomida oila a’zolari bilan suhbat o‘tkazilib, oiladagi mavjud muammolar, o‘zaro munosabatlar hamda ajrimning oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, oila mustahkamligini saqlash, farzandlar manfaatlarini himoya qilish, o‘zaro hurmat va mas’uliyatni kuchaytirish yuzasidan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuvda mahalla faollari va mutasaddilar ishtirok etib, oilada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berdilar.
Oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ajrimlarning oldini olish va jamiyatda sog‘lom oilaviy muhitni mustahkamlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.