Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Samarqandda "Samarqand – birodar shaharlar yoshlar va OAV vakillari muloqot maydoni" mavzusida xalqaro pres-tur tashkil etildi.
янв.21
Maktablarda imtihon jarayonlari deputat tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Mirzo Bedil MFYdagi oziq-ovqat do‘konlari va “Sogdiana” filiali hamda “Asiya Alliance Bank” faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mir Said Baraka MFYda korxona faoliyati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Maktabgacha ta’lim va tarbiya — farzandlarimiz kelajagining mustahkam poydevori!
янв.21
BARQAROR BANK TIZIMI – ISHONCHLI IQTISODIYOT POYDEVORI
янв.21
Samarqand shahar suv ta’minoti tizimi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich deputatlik so‘rovi yoʻlladi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Matniyazov Akbar Qadirovich tumanimizda fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, uy-joy kommunal xizmatlari va infratuzilma masalalarini yanada takomillashtirish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

⚡️ Taxiatosh tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasi direktori U.M.Jumabayevga yo‘llangan deputatlik so‘rovida deputat: 

🟢 Taxiatosh tumani hududidagi «Eski Keneges» kanalining PK0+00 dan PK52+00 gacha qismi rekonstruksiya qilinib, kanal bo‘yidan o‘tuvchi yo‘lda beton to‘siq (Бордюр) lar olinib, tartibsiz holatda qolib ketganligini va ularnilarni qayta o‘rnatib berishni;

🟢 “Mehrem” ovuliga kiraverishdagi avtobus bekatining to‘xtab qolgan ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazishni; 

🟢 Shuningdek, “Yangi makon” OFY hududidagi 13-sonli maktabdan “Chotirovuq” ovuligacha bo‘lgan yo‘lni avtobuslar, katta yuk avtomobillar xavfsiz harakatlanishi uchun davlat standartlari asosida kengaytirish ishlari bo'yicha asoslantirilgan tushuntirish bilan taqdim etilishini so‘radi.

📥 Deputat Matniyazov Akbar Qadirovich mazkur so‘rovlar orqali mahalla aholisi uchun qulay yashash muhitini yaratish, mahallalarda mavjud muammolarga e’tibor qaratish va ularni hal etish jarayonlarini tezlashtirishni maqsad qilgan.

✍️ Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga binoan deputatlik so‘roviga javob 10 kun ichida taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Slide 1 of 4