Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Samarqandda "Samarqand – birodar shaharlar yoshlar va OAV vakillari muloqot maydoni" mavzusida xalqaro pres-tur tashkil etildi.
янв.21
Maktablarda imtihon jarayonlari deputat tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Mirzo Bedil MFYdagi oziq-ovqat do‘konlari va “Sogdiana” filiali hamda “Asiya Alliance Bank” faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mir Said Baraka MFYda korxona faoliyati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Maktabgacha ta’lim va tarbiya — farzandlarimiz kelajagining mustahkam poydevori!
янв.21
BARQAROR BANK TIZIMI – ISHONCHLI IQTISODIYOT POYDEVORI
янв.21
Samarqand shahar suv ta’minoti tizimi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
NAVOIY SHAHAR KENGASHI DEPUTATI KALONOV MUXIDDIN BAXRITDINOVICHNING O‘QUVCHI-YOSHLAR BILAN SAMIMIY UCHRASHUVI

NAVOIY SHAHAR KENGASHI DEPUTATI KALONOV MUXIDDIN BAXRITDINOVICHNING O‘QUVCHI-YOSHLAR BILAN SAMIMIY UCHRASHUVI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Kalonov Muxiddin Baxritdinovich Navoiy shahridagi “Mustaqillik” MFY hududida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida rahbariyat, pedagog jamoa hamda o‘quvchi-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat Kalonov Muxiddin Baxritdinovich o‘quvchilarga ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, zamonaviy kasblarga bo‘lgan talab hamda mehnat bozoridagi o‘zgarishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, yoshlarning bilim olishi, o‘z ustida ishlashi va kelajakda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun muhim tavsiyalarini bildirdi.

Muloqot jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, ularga batafsil va asosli javoblar olishdi. Uchrashuv samimiy va mazmunli ruhda o‘tib, yoshlar uchun katta motivatsion ahamiyat kasb etdi.

Tadbir doirasida madaniy va sport qismi ham tashkil etilib, o‘quvchilar o‘rtasida shaxmat va arqon tortish musobaqalari o‘tkazildi. Bu esa yoshlarning nafaqat intellektual, balki jismoniy faolligini oshirishga xizmat qildi.

Tadbir yakunida maktab o‘quvchilariga deputat tomonidan kitoblar sovg‘a qilinib, ularning ilm-fan va ta’limga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu tashrif yoshlarning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ularni yurt ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shadigan barkamol avlod bo‘lib kamol topishiga xizmat qilishi shubhasiz.

Slide 1 of 7