Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla yoshlari uchun sport maydonchasi barpo etish tashabbusi qo‘llab-quvvatlanmoqda!
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Oila muammolarini bartaraf etish bo‘yicha profilaktik suhbat o‘tkazildi
янв.21
Kuchli yog‘ingarchilik oqibatlarining oldini olish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Oila bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.
янв.21
Har bir murojaat e’tiborda.
янв.21
Buxoro ko‘chasida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Madaniyatga berilgan e’tibor-ma’naviyatga qilingan sarmoyadir
янв.21
Murojaatchining muammosi ijobiy hal etildi. Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.Gʻaybullayevga o‘z saylov okrugidagi Lolazor  maxallasi Bobir Mirzo ko‘chasi 116-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro A.Aminov tomonidan murojaat kelib tushdi.
Xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi 17-Zarafshon saylov okrugi deputati Xamrayeva Dilnoz Xasanovna tomonidan umumta’lim maktablari oshxonasi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida maktab oshxonalarining gigiyena va sanitariya holati, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va yetarliligi, shuningdek, oshpazlar tomonidan taom tayyorlash jarayoniga rioya qilinayotgan me’yorlar atroflicha tahlil qilindi. Deputat maktab oshxonalarida sog‘lom ovqatlanish talablariga amal qilinishini va o‘quvchilarga sifatli taomlar yetkazilishini tekshirdi.

Aniqlanishicha, oshxonalar umumiy holati qoniqarli bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlari yetarli miqdorda ta’minlangan, ammo ba’zi joylarda jihozlar eskirganligi va texnik xizmat ko‘rsatish zarurligi aniqlangan. Shu munosabat bilan, oshxonalarni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, sanitariya qoidalarini kuchaytirish va oshpazlarning malakasini oshirish bo‘yicha mutasaddilarga tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2