Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Ahmad Yassaviy mahallasi aholisining murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev tomonidan o‘z saylov okrugidagi Lolazor mahallasi aholisi bilan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqaro YATT A.Omonov tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan edi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati M.Xosilova Navro‘z mahalasida bo‘lib, mahalla “yetti”ligi bilan uchrashdi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Mahalladagi muammolar – amalda nazoratda!
янв.21
🎓 “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv.
янв.21
🏛 Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayevning navbatdagi tashrifi.
янв.21
📈 Samarqand shahrini 2026-yilda yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, asosiy maqsad – daromad, bandlik va farovonlik.
янв.21
💼 Samarqand shahrida 2025-yilda 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi
янв.21
📈 2026-yilda Samarqand shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi "Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5072-sonli va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvar kungi "Tashabbusli byudjet jarayonlarini o'tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash to'g'risida"gi KQ-666-IV-sonli qarorlarga asosan "Fuqarolar tashabbusi jamg'armasi"dan 2026-yil 1-mavsumda gʻolib boʻlgan takliflarni moliyalashtirilish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan "Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar" bo'yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig'ilishga komissiya raisi E.Yunusov raislik qildi va olib bordi.

Yig‘ilish davomida komissiya a’zolari tomonidan tashabbusli byudjet jarayonining 2026-yil 1-mavsumi yakunlari batafsil tahlil qilindi. Xususan, fuqarolar tomonidan ilgari surilgan takliflarning dolzarbligi, ularning ijtimoiy ahamiyati hamda hudud infratuzilmasini yaxshilashga qo‘shadigan hissasi alohida e’tiborga olindi.

Mazkur mavsumda Marg‘ilon shahri bo‘yicha kelib tushgan takliflar soni o‘tgan yillarga nisbatan sezilarli darajada oshgan bo‘lib, bu fuqarolarning byudjet jarayonlarida faol ishtiroki tobora ortib borayotganidan dalolat beradi. Eng ko‘p takliflar ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, ko‘chalarni yoritish tizimini yangilash kabi yo‘nalishlarda bo‘ldi.

Komissiya yig‘ilishida g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish masalalari ham muhokama qilinib, ularni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Shuningdek, ajratiladigan mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida komissiya a’zolari tomonidan tegishli qaror loyihasi ma’qullanib, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi sessiyasiga kiritish uchun tavsiya etildi. Qarorda “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar ro‘yxatini tasdiqlash, ularni amalga oshirish muddatlarini belgilash hamda ijrosini doimiy nazoratga olish ko‘zda tutilgan.

Mutasaddilar tomonidan ta’kidlanganidek, tashabbusli byudjet amaliyoti aholining davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, hududlarda mavjud muammolarni bevosita fuqarolar fikri asosida hal etish hamda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Kelgusida ham mazkur tizimni yanada takomillashtirish, fuqarolarning faolligini oshirish va ilg‘or takliflarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 4