Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Haftalik ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Huquqbuzarliklarning oldini olish – tinch va xavfsiz jamiyat garovi!
янв.21
Odam savdosiga qarshi kurashish – inson qadr-qimmatini himoya qilish demakdir!
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Yoshlar bilan ishlash — kelajakka qaratilgan muhim investitsiya!
янв.21
Har bir bolaning huquqi – davlat himoyasida!
янв.21
Sog‘lom turmush tarzi – sog‘lom jamiyat poydevori!
янв.21
Reproduktiv salomatlik – sog‘lom oila va sog‘lom avlod poydevori!
янв.21
Samarqandda "Samarqand – birodar shaharlar yoshlar va OAV vakillari muloqot maydoni" mavzusida xalqaro pres-tur tashkil etildi.
янв.21
Maktablarda imtihon jarayonlari deputat tomonidan o‘rganildi.
“yettligi” faoliyati hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining, 2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi PQ-1-sonli qarori ijrosi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari — Sh. Isamutdinov va Sh. Mardonov, shuningdek mutaxassislar — I. Ikromov va Z. Temirovalar Bobur MFYdagi mahalla “yettligi” faoliyati hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining, 2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi PQ-1-sonli qarori ijrosi o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi tomonidan hudud aholisining ijtimoiy-iqtisodiy holati, turmush sharoitlarini yaxshilash, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, shuningdek hududdagi ijtimoiy obyektlar faoliyati tahlil qilindi. Aholi murojaatlari, shikoyat va takliflar bilan ishlash holati, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlik darajasi, hududni obodonlashtirish va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar alohida e’tiborga olindi.

Mahalla yettiligi tomonidan hudud aholisining ijtimoiy-iqtisodiy holati, turmush sharoitlarini yaxshilash, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, shuningdek hududdagi ijtimoiy obyektlar faoliyati tahlil qilindi. Aholi murojaatlari, shikoyat va takliflar bilan ishlash holati, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlik darajasi, hududni obodonlashtirish va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar alohida e’tiborga olindi.

Natijada mahalla yettiligi faoliyatidagi kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqildi. Shu bilan birga, PQ–1-son qarori ijrosi doirasida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 4