Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Samarqandda "Samarqand – birodar shaharlar yoshlar va OAV vakillari muloqot maydoni" mavzusida xalqaro pres-tur tashkil etildi.
янв.21
Maktablarda imtihon jarayonlari deputat tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Mirzo Bedil MFYdagi oziq-ovqat do‘konlari va “Sogdiana” filiali hamda “Asiya Alliance Bank” faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Mir Said Baraka MFYda korxona faoliyati atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Maktabgacha ta’lim va tarbiya — farzandlarimiz kelajagining mustahkam poydevori!
янв.21
BARQAROR BANK TIZIMI – ISHONCHLI IQTISODIYOT POYDEVORI
янв.21
Samarqand shahar suv ta’minoti tizimi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.
янв.21
Bemor bolaning holidan xabar olindi.
MAHALLA — ISLOHOTLAR KO‘ZGUSI: DEPUTAT VA "YETTILIK" MULOQOTI

MAHALLA — ISLOHOTLAR KO‘ZGUSI: DEPUTAT VA "YETTILIK" MULOQOTI

📱Bugun mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, aholi muammolarini joyida hal etishda "Mahalla yettiligi"ning o‘rni beqiyos.

✅Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Bakiyev "Bahoriston" mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi bilan samimiy muloqot va davra suhbati o‘tkazdi.

📱 Suhbat davomida quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:

Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va infratuzilma loyihalari;

"Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" bilan ishlash samaradorligi;

Aholi bandligini ta'minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish.

📱 "Mahalla faollari bilan hamjihatlikda ishlash — har bir murojaatning ijobiy yechim topishiga xizmat qiladi," — deya ta'kidladi deputat.

📱Uchrashuv yakunida mahalla hududini yanada obod qilish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.