Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Haftalik ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Huquqbuzarliklarning oldini olish – tinch va xavfsiz jamiyat garovi!
янв.21
Odam savdosiga qarshi kurashish – inson qadr-qimmatini himoya qilish demakdir!
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari reytingi e'lon qilindi.
янв.21
Yoshlar bilan ishlash — kelajakka qaratilgan muhim investitsiya!
янв.21
Har bir bolaning huquqi – davlat himoyasida!
янв.21
Sog‘lom turmush tarzi – sog‘lom jamiyat poydevori!
янв.21
Reproduktiv salomatlik – sog‘lom oila va sog‘lom avlod poydevori!
янв.21
Samarqandda "Samarqand – birodar shaharlar yoshlar va OAV vakillari muloqot maydoni" mavzusida xalqaro pres-tur tashkil etildi.
янв.21
Maktablarda imtihon jarayonlari deputat tomonidan o‘rganildi.
Deputat kambag‘allik reyestridagi oilalar xonadonlarida bo‘ldi.

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati B.Sadikova "Yangisanoat" mahallasidagi "kambag‘allik reyestri"ga kiritilgan oilalar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida oilalarni qiynayotgan muammolar — ish bilan ta’minlash, doimiy daromad manbai yaratish, uy-joy sharoitini yaxshilash, ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam masalalari atroflicha o‘rganildi. Har bir xonadonda suhbat o‘tkazilib, muammolar individual ravishda qayd etildi.

Aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berilib, ayrim muammolarni joyida hal etish choralari ko‘rildi. Murakkab masalalar esa alohida nazoratga olindi.

Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning dardini tinglash va amaliy yordam ko‘rsatish — ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 4