Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📚 TA’LIM — TARAQQIYOT POYDEVORI 🗞 “Samarqand” gazetasining 2026-yil 17-yanvar kungi 2 (2619)-sonida Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Olim Pardayevning “TA’LIM — TARAQQIYOT POYDEVORI” mavzusidagi maqolasi e’lon qilindi.
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Baxtigul Asrorova saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
🇺🇿 Xalq deputatlari Samarqand viloyati tuman, shahar Kengashlariga saylangan raislar
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Rajabova Sabiha Musinovna ishtirokida, 1-son oilaviy poliklinikada ish faoliyati yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🌱 Shaharda ekologik holat o‘rganildi
янв.21
Dehqon bozorlarida narx-navо va aholiga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Beklar va Al-Xorazmiy mahallalarida ichimlik suvi bilan bog‘liq muammo ijobiy hal etildi. Qazilgan skvajinalar orqali toza suv chiqarilib, aholi foydalanishiga topshirildi. 💧
янв.21
🎭🤝 San’at va do‘stlik uyg‘unligi: Panjobda madaniy uchrashuv
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv va muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Samarqand shahar Kengashi deputatlari Abbos Hazratqulov va G‘aybullayev Fazliddin saylovchilar murojaatlarini joyida o‘rgandi
Yuqori Archa mahallasida aholi muammolarini hal etish masalalari ochiq muloqotda muhokama qilindi

 Yuqori Archa mahallasida aholi muammolarini hal etish masalalari ochiq muloqotda muhokama
qilindi
 

🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Baxodirjon Axmadjonov Yuqori Archa mahalla fuqarolar
yig‘inida mahalla yettiligi hamda mahalla oqsoqollari ishtirokida ochiq muloqot
o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahallada mavjud ijtimoiy, kommunal va infratuzilmaviy
sohalarga oid dolzarb muammolar keng qamrovda muhokama qilinib, aholini tashvishlantirayotgan
masalalar joyida o‘rganildi.
 

🔹 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar har tomonlama tahlil qilinib, ularni
bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq amaliy chora-tadbirlar
belgilandi. Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan
fikr almashilib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab
olindi.
 

🔹 Mazkur ochiq muloqot aholi bilan samarali hamkorlikni kuchaytirish, fuqarolar murojaatlariga
o‘z vaqtida yechim topish hamda mahalla hayotidagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich
hal etishga xizmat qildi.
  

Slide 1 of 2