Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Baxtigul Asrorova saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
🇺🇿 Xalq deputatlari Samarqand viloyati tuman, shahar Kengashlariga saylangan raislar
янв.21
📌 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Rajabova Sabiha Musinovna ishtirokida, 1-son oilaviy poliklinikada ish faoliyati yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🌱 Shaharda ekologik holat o‘rganildi
янв.21
Dehqon bozorlarida narx-navо va aholiga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Beklar va Al-Xorazmiy mahallalarida ichimlik suvi bilan bog‘liq muammo ijobiy hal etildi. Qazilgan skvajinalar orqali toza suv chiqarilib, aholi foydalanishiga topshirildi. 💧
янв.21
🎭🤝 San’at va do‘stlik uyg‘unligi: Panjobda madaniy uchrashuv
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv va muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Samarqand shahar Kengashi deputatlari Abbos Hazratqulov va G‘aybullayev Fazliddin saylovchilar murojaatlarini joyida o‘rgandi
янв.21
🏛 MTT faoliyati va qish mavsumiga tayyorgarlik joyida o‘rganildi
Xo‘jayuz mahallasidagi kutubxonalar holati o‘rganildi

17-Xo‘jayuz saylov okrugidan saylangan deputat Tangirov O‘ktam Ummatkulovich Xo‘jayuz mahallasida joylashgan ta’lim muassasalaridagi kutubxonalar holatini o‘rgandi. 

O‘rganish jarayonida kutubxonalarning moddiy-texnik bazasi, kitob fondi, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar hamda axborot-resurslardan foydalanish imkoniyatlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, kutubxonachilar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud muammolar va takliflar tinglandi.

Deputat o‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kutubxonalar faoliyatini yanada takomillashtirish, kitob fondini boyitish hamda zamonaviy axborot-resurslar bilan ta’minlash bo‘yicha mas’ullariga tegishli tavsiyalar berdi.

Mazkur masala deputatning doimiy nazoratiga olinib, amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Tuman Kengashi deputati

O‘. Tangirov

Slide 1 of 3