Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Insonparvar  yurtimizda hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi

Bosh qomusimizda O’zbekiston Respublikasining ,,Ijtimoiy davlat" deb e'lon qilinib, bu maqomning qonun bilan   mustahkamlanishi ijtimoiy sohaga ustuvorlik qaratilganligi, fuqarolarning tengligi, ularning turli tabaqalarga ajralishiga yo‘l qo‘yilmayotgani,  umumfarovonlik ta’minlanayotganligida o’z aksini topmoqda. 

Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ehtiyojmand aholining ijtimoiy muhofazasiga qaratilgan siyosat ijtimoiy davlatning tub zamini yaratilganidan dalolat beradi. 

Davlat budjeti mablag‘larining ellik foizdan ortig‘i ijtimoiy sohalarga yo‘naltirilayotganining o‘zi ham buni yaqqol isbotlaydi. 

“Bu aziz Vatanda el aziz, inson aziz‘‘ shiori ostida tuman hokimi A.Fayzilloyev boshchiligida tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan mahallalarda ijtimoiy yordamga muhtoj, nogironligi bo'lgan xotin-qizlarning bir guruhiga rеabilitatsiya vositalari tarqatildi.

- Taqdir hukmi bilan oilamizning 6 nafar a’zosi nogiron bo’lsa-da, barchamiz shu yurtga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashayotganimiz, nafaqalarimiz o‘z vaqtida berilayotganligi, farovon yashashimiz uchun tuman hokimligi, mahalla, qo’ni-qo’shnilar tomonidan beg’araz yordamlar berilayotgani, hattoki ,,Ayollar daftari‘‘ mablag’lari hisobidan uy-joyimiz ta'mirlab berilgani, yetkazib berilayotgan zarur dori-darmonlar, kerakli jihozlar uchun o’z vazifasini vijdonan bajarayotgan mas’ullardan minnatdormiz, — deydi Hamida Islomova. 

— Bu kabi e'tibordan shibirg‘onlik ko‘makka muhtoj aholi vakillari ham juda mamnun. Ulardan 3 nafariga nogironlik aravachasi, 1 nafariga oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etilgani mamlakatimizda hech kim mehr va e'tibordan chetda emasligi, ijtimoiy adolat mezonlarining kundalik hayotimizda aks etayotganidan dalolat beradi, — deydi shu hudud deputati D. Ahmedova

Slide 1 of 6