Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI

ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI

Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining VII chaqiriq yigirma to‘rtinchi sessiyasida mahallalarda elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash va jamg‘arma mablag‘laridan samarali foydalanish masalalari yuzasidan deputatlik savoli bildirildi.

Jumladan, Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashiga 7-“Yoshg‘ayrat” saylov okrugidan saylangan deputat, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi a’zosi Rajabov Botir Abdurasulovich fuqarolarning ko‘plab murojaatlari va deputatlik so‘rovlarini inobatga olib, “Ko‘klam” mahallasining Ko‘klam ko‘chasida, “Yoshg‘ayrat” mahallasining ayrim hududlarida hamda Yuksalish ko‘chasida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida temir-beton ustunlar o‘rnatish va zamonaviy yopiq SIP kabellarini tortish ishlarini tegishli ro‘yxatga kiritish masalasini ko‘rib chiqish taklifini bildirdi.
Shuningdek, deputat tomonidan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasida ayni paytda qancha mablag‘ mavjudligi haqida savol berildi.

Bildirilgan savol va takliflarga javoban tuman hokimining birinchi o‘rinbosari — Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i
M. Chorshanbiyev mazkur mahallalarning ayrim ko‘chalarida temir-beton ustunlar o‘rnatish va SIP kabellarini tortish ishlarini tegishli ro‘yxatga kiritish masalasi ko‘rib chiqilishini bildirdi.

Shuningdek, hozirgi kunda jamg‘armada 416,0 million so‘m mablag‘ mavjudligi ma’lum qilindi. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari deputatlardan ushbu mablag‘larni mahallalardagi infratuzilmani yaxshilash va aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etishga yo‘naltirishda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘radi.

Mazkur masala mahallalarda elektr ta’minoti barqarorligini oshirish, eskirgan infratuzilmani yangilash va fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni bosqichma-bosqich hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Deputatlik tashabbusi — aholi muammolarini kun tartibiga olib chiqish va ularning amaliy yechimi uchun mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish demakdir.

✍️Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi Matbuot xizmati