Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “17-Samandarak” saylov okrugi deputati I. Axmedov hududidagi “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘. Abdullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi U. Raximjonov tomonidan 56-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2026–2027-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida maktab binosining mavsumga tayyorgarligi, isitish tizimlarining texnik holati, mavjud isitish vositalarining sozligi, yoqilg‘i zaxirasi, sinfxonalar hamda boshqa xonalarning mavsum talablariga muvofiqligi va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.

♨️ Shuningdek, maktabning umumiy isitish tizimi va qozonxona holati ko‘rib chiqilib, ularning ishlash samaradorligiga e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, maktab sport zalidagi sharoitlar ham alohida o‘rganildi.

⚠️ O‘rganish jarayonida sport zalidagi isitish tizimi quvurlarining talab darajasida bo‘lmagani sababli xonani yetarli darajada isitish bilan bog‘liq muammo mavjudligi aniqlandi. Mazkur holat sport zalida o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratish, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish hamda sovuq mavsumda belgilangan haroratni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatdi.

✅ O‘rganish yakunida aniqlangan kamchilikni bartaraf etish, sport zalining isitish tizimini yaxshilash hamda ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumini xavfsiz va qulay sharoitda o‘tkazish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 6