Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi

 Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat hisoboti eshitildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati L. Hikmatova hamda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati U. Fayziyeva tomonidan Olmazor tumani Bo‘stonobod mahallasida 9 oylik faoliyat yuzasidan hisobot eshitildi.

🤝 Hisobotni eshitish jarayonida mahallada joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, hududni obodonlashtirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda mavjud ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasida olib borilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

📌 Muhokama davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

🔹 Mahallada aholi bandligini ta’minlash va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash;
🔹 Hududning sanitariya holati, obodonlashtirish va tozalik ishlarini tizimli tashkil etish;
🔹 Ichki yo‘llar, ko‘cha yoritish tizimlari va mahalla infratuzilmasiga oid masalalarni o‘rganish;
🔹 Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, keksalar hamda alohida e’tiborga muhtoj oilalar bilan ishlash;
🔹 Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
🔹 Mahallada aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.

📝 Deputatlik nazorati — natija va mas’uliyat mezoni!

Hisobotni eshitish jarayonida mahalla faoliyatining samaradorligini oshirish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda belgilangan vazifalar ijrosini doimiy nazoratga olish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, aholi manfaatlarini ta’minlash, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va mahalladagi dolzarb masalalarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli vazifalarga e’tibor qaratildi.

☑️ Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish va ijro intizomini mustahkamlashdan iborat.

Slide 1 of 5