Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
TUMAN MARKAZIY DEHQON BOZORIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

 TUMAN MARKAZIY DEHQON BOZORIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI 

Xalq deputatlari Quva tumani Kengashi deputatlari tomonidan tuman “Markaziy
dehqon bozori”da o‘rganish ishlari olib borildi.
 

O‘rganish davomida bozordagi sanitariya-gigiyena holati, savdo
rastalarining tozaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari,
shuningdek, sotuvdagi asosiy mahsulotlarning - guruch, o‘simlik yog‘i, un,
go‘sht mahsulotlari, poliz va sabzavotlarning narxi, sifati hamda yaroqlilik
muddati o‘rganildi.
 

Shuningdek, avvalgi o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarning bartaraf
etilishi, ular yuzasidan bozor ma’muriyati tomonidan amalga oshirilgan
chora-tadbirlar ham tahlil qilindi.
 

O‘rganish yakunlari bo‘yicha bozor rahbariyatiga mahsulot narxlarining sun’iy
oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan talablarga
muvofiq saqlash, savdo jarayonida etiketka va sanitariya-gigiyena talablariga
qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
 

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda berilgan tavsiyalar ijrosi
deputatlar tomonidan nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 6