Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Kengash_faoliyati

#Fuqaro_muamosi
#24_ta_masala
#Haftalik_ish_reja_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "BAG'RIKENG" mahallasida xonadonbay tahlil asosida aholi muammolariga yechim izlanmoqda

✅Bandixon tumanida fuqarolarning hayotiy ehtiyojlarini o‘rganish, ularning murojaatlariga manzilli va amaliy yechim topish hamda mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga ko‘maklashish borasida tizimli deputatlik nazorati yo‘lga qo‘yilgan.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 11-Bag'rikeng saylov okrugidan saylangan deputat J.Abdinazarov hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Bag'rikeng" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘lib, aholi xonadonlariga bevosita kirgan holda xonadonbay o‘rganishlar o‘tkazdilar.

✅Uchrashuv va muloqotlar davomida fuqarolarning kundalik turmush sharoitlari, oilalar daromad manbalari, tomorqadan samarali foydalanish hamda ichki ko‘chalar, elektr va ichimlik suvi tarmoqlari kabi kommunal infratuzilma bilan bog‘liq masalalar atroflicha tahlil qilindi.

✅Tashrif davomida bildirilgan barcha taklif va murojaatlar tizimlashtirilib, ularni hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga deputatlik so‘rovlari kiritilishi va ijro jarayoni tuman Kengashi tomonidan doimiy monitoring qilib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 1