Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” mahalla sari: “Yulduz” mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy holat va bandlik masalalari tahlil qilindi!


“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” g‘oyasi asosida mahallalarda obodonlik va farovonlikni ta’minlash, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, oilalar daromadini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi amaliy ishlar deputatlik nazorati asosida izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 2-“Yulduz” saylov okrugi deputati I.Shatova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Yulduz” mahallasida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni muhokama qildilar.

Mahalla faollari ishtirokida o‘tkazilgan muloqotda hududdagi aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, oilalar daromadini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish masalalari atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, xonadonbay ishlash tizimi, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholining muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Tahlil davomida aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq vazifalar belgilanib, ularning ijrosini ta’minlash hamda muammolarni amaliy hal etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1