Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
TA’LIM SIFATI — E’TIBOR VA NAZORATDA
#tavsiyalar
#qonun_162
#yoşlar_maslahat_guruhi
#deputatlik_nazorati

TA’LIM SIFATI — E’TIBOR VA NAZORATDA

Farzandlarimizning ta’lim olishi, maktablarda yaratilgan sharoit va o‘quv jarayonining samarali tashkil etilishi — jamiyat kelajagini belgilaydigan eng muhim masalalardan biri.

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati K. Yodgorova o‘z saylov okrugidagi Xo‘jabargi MFY hududida joylashgan 6-sonli maktab filialiga tashrif buyurib, ta’lim jarayonining tashkil etilishi va ta’lim sifatiga oid holatlarni joyida o‘rgandi.

O‘rganish davomida o‘quvchilarga yaratilgan sharoit, dars jarayonlari, mavjud muammolar hamda ta’lim samaradorligiga ta’sir etuvchi masalalarga e’tibor qaratildi.

Mazkur ishlar “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan deputatning o‘z saylov okrugida faoliyat olib borishi, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganishi hamda hududdagi ijtimoiy masalalarni hal etishda ishtirok etishi bilan bog‘liq vakolatlari doirasida amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida deputat faoliyatiga mas’ul bosh mutaxassis Z. Temirova ham ishtirok etdi.

Bugun maktabdagi har bir muammo o‘rganilsa, ertaga uning yechimi o‘quvchining kelajagida aks etadi. Shu bois ta’lim sifati masalasi deputatlik nazoratining doimiy e’tiborida.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 6