Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
“G‘ishtli masjid” mahallasida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dehkanov tomonidan “G‘ishtli masjid” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi D.Nosirov faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-son “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi va 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-son “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkor M.Zokirovaning faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Tadbirkor bilan muloqot davomida uning faoliyatini rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va ish ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, hokim yordamchisi D.Nosirovning ko‘magida tadbirkorga faoliyatini rivojlantirish maqsadida 10 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan.

Shuningdek, tadbirkorga savdo faoliyatini tashkil etish jarayonida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida 2026-yil 1-iyuldan boshlab savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilish tartibi yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy va amaliy ko‘mak, mavjud imtiyozlardan samarali foydalanish, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi hamda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida tadbirkorning faoliyatini kengaytirish, yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda hududda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3