Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
“G‘ishtli masjid” mahallasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dehkanov tomonidan “G‘ishtli masjid” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-son “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-son “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi D.Nosirov tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish hamda ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davrida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan 35 nafar fuqaroga jami 281 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilishiga ko‘maklashilgan.

Shuningdek, 7 nafar fuqaroga jami 74 million so‘m miqdorida ssuda ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatilgan. Ko‘rilgan mazkur chora-tadbirlar natijasida mahallada 123 nafar fuqaroning bandligini ta’minlashga ko‘maklashilgani qayd etildi.

O‘rganish jarayonida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, fuqarolarni doimiy va daromadli mehnat bilan ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolarning imtiyozli kredit va ssudalardan foydalanish imkoniyatlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, davlat tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda bandlik dasturlari ijrosini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘tkazilgan uchrashuv va o‘rganish ishlariga Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X.Abdullayev tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3