Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining tumanda ijro etilishi ko‘rib chiqildi

Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining tumanda ijro etilishi ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi M.Umarova tomonidan O‘rta Chirchiq tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

📝 O‘rganish jarayonida 2024-yil 2-fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-903-sonli “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining tumanda ijro etilishi ko‘rib chiqildi.

🌱Qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali va oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, yerlarning degradatsiyasining oldini olish, tuproqni muhofaza qilish hamda agrotexnik tadbirlarni belgilangan talablar asosida tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔎 Tuproq unumdorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, sho‘rlanish va eroziyaning oldini olish, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishda ekologik talablarga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌿 Tuproq — bebaho tabiiy boylik. Uni asrash, unumdorligini saqlash va kelajak avlodga sog‘lom holda yetkazish barchamizning vazifamizdir.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4