Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_ta_qonun
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
⚖️ XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH MASALALARI O‘RGANILDI


📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uchyog‘och–Qarabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo'janazarov tomonidan “Qarabog‘” mahallasida O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-son Qonuni talablari yuzasidan savolnoma asosida o‘rganish o‘tkazildi.

👩‍🦱 O‘rganish jarayonida mahallada istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni tazyiq va zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlaridan asrash hamda bunday holatlarning oldini olish borasidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Shuningdek, xotin-qizlarning murojaatlari, muammolari va takliflari tinglanib, ularning ijtimoiy-huquqiy himoyasini kuchaytirish, oilalarda sog‘lom muhitni ta’minlash hamda zarur hollarda tegishli yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

📋 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3