Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Aholi murojaatlari xonadonbay o‘rganildi

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Aholi murojaatlari xonadonbay o‘rganildi


Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Zaripova tomonidan tumandagi Tortuli mahallasida aholi bilan manzilli muloqotlar o‘tkazilib, xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida, avvalo, mahalla hududida istiqomat qilayotgan fuqarolarning ijtimoiy holati, ehtiyoj va muammolari atroflicha o‘rganildi. Jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan va yordamga ehtiyoji mavjud oilalarning murojaatlari tinglanib, ularning mavjud muammolarini aniqlashga alohida e’tibor qaratildi.

Xonadonlarga tashriflar davomida fuqarolarning bandligi, moddiy va ijtimoiy sharoiti, ijtimoiy xizmat va ko‘makka bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganildi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan fuqarolar, yolg‘iz keksalar hamda alohida e’tibor va ko‘makka muhtoj oilalarning holatiga ham e’tibor qaratildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar qayd etilib, ularni belgilangan tartibda hal etish, zarur hollarda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Bunday xonadonbay o‘rganishlarning asosiy maqsadi - aholini qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda murojaatlarni o‘z vaqtida va samarali hal etishdan iborat.

Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini tinglash va amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 3