Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
#Sayyor_qabul #Deputat_faoliyati

📍 Xalq deputatlari tuman Kengashining 14-“Ipoq” saylov okrugidan saylangan deputat Xudayberdiyev Umidullo Boqiyevich tomonidan okrug hududidagi fuqarolar va mahalla faollari ishtirokida navbatdagi SAYYOR QABUL hamda ochiq muloqot muloqoti o‘tkazildi.

🔍 Sayyor qabul va muloqot tafsilotlari:

🗣 Ochiq va yuzma-yuz muloqot: Muloqot davomida deputat U.Xudayberdiyev hudud aholisining ijtimoiy-iqtisodiy masalalari, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, bandlik hamda boshqa dolzarb murojaatlarini birma-bir tingladi.

📋 Murojaatlar xatlovi: Taqdim etilgan fotosuratlardan ko‘rinishidagidek, sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir taklif va muammo alohida nazoratga olinib, tegishli daftarlarga qayd etildi.

💡 Echimi ko‘rsatilgan masalalar: Uchrashuv davomida ayrim murojaatlar yuzasidan joyida huquqiy tushuntirish va maslahatlar berilgan bo‘lsa, vaqt va qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

⚙️ Kutilayotgan natijalar: Qabul davomida ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli soha va idora mas’ullariga deputatlik so‘rovlarini yuborish hamda ularning ijrosini qat’iy nazoratga olish belgilab olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3