Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
#DEPUTAT_SO‘ROVI #QISHLOQ_XO‘JALIGI #SUV_TA’MINOTI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Abror Egamberdiyev tomonidan tuman hokimining o‘rinbosari, tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Xurram Lapasovga rasmiy deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida quyidagi muhim masalalar ilgari surilgan:

Mavjud muammo: Tuman deputatlari tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlarining holati va fermer xo‘jaliklarining yerga ishlov berish tadbirlari o‘rganilganda, g‘alla hosili yig‘ib olingandan so‘ng yerlarni o‘z vaqtida shudgorlash va keyingi ekinlarga tayyorlash ishlari to‘liq amalga oshirilmagani aniqlandi.

Asosiy sabab: Ushbu holatga suv ta’minotidagi uzilishlar va suv resurslarining yetishmasligi sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, “Sayrak” va “Ovchi” mahallalarida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish uchun zarur suv ta’minoti dolzarb bo‘lib turibdi.

Deputat taklifi hamda talabi: “Sayrak” va “Ovchi” mahallalaridagi fermerlarga yerlarni o‘z vaqtida shudgorlash hamda ekin ekishga tayyorlash uchun zarur bo‘lgan suv limitlarini belgilangan tartibda ajratish, ularning adolatli yetkazilishini ta’minlash va suvdan samarali foydalanish bo‘yicha choralar ko‘rib, natijasi haqida yozma axborot taqdim etish so‘raldi.

Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosildorlik olish va fermerlar manfaatini muhofaza qilishga qaratilgan ushbu masala deputat nazoratiga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3