Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
#DEPUTAT_S O‘ROVI #SUYULTIRILGAN_GAZ #AHOLI_MUROJAATI


Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Xurram Xo‘jaqulov tomonidan tuman hokimining o‘rinbosari Shavkat Muminovga rasmiy deputat so‘rovi kiritildi.
Deputat so‘rovida keltirilishicha:

Murojaat va e’tirozlar: Tumaning “Olmazor” mahallasi hududida saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda aholini suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash borasida haqli e’tirozlar bildirildi.

Kechikish holatlari: Amaldagi tartibga ko‘ra suyultirilgan gaz ballonlarini to‘ldirish xizmati har 45 kunda kamida bir marotaba amalga oshirilishi lozim bo‘lsa-da, “Olmazor” mahallasiga so‘nggi 82 kun davomida maxsus transport vositasi kelmagani aniqlandi.

Deputat talabi: Aholining maishiy ehtiyojlarini o‘z vaqtida qondirish maqsadida 2026-yil 10-sentyabga qadar mahallani suyultirilgan gaz ballonlari bilan to‘liq ta’minlash, xizmat ko‘rsatish muddatlarini uzluksiz tashkil etish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Aholi turmush sharoitlarini yaxshilash va mavjud muammolarni bartaraf etish masalasi deputatning qat’iy nazoratiga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3