Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

📚 TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri E. Mirzayev tomonidan deputatlik faoliyati doirasida “O‘rganilishi lozim bo‘lgan eng muhim qonunlar” asosida “Shieli” OFYdagi 8-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-637-son ijrosi o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’lim tashkilotida qonun talablarining amaliyotga tatbiq etilishi, o‘quvchilarga sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda maktab faoliyatining belgilangan talablar asosida olib borilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹 Ta’lim jarayonining tashkil etilishi va sifati;
🔹 o‘quvchilarning ta’lim olish huquqlari va ular uchun yaratilgan imkoniyatlar;
🔹 pedagog xodimlarning faoliyati va ta’lim-tarbiya jarayonidagi mas’uliyati;
🔹 maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan moddiy-texnik sharoitlar;
🔹 ta’lim muassasasida xavfsizlik, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi;
🔹 o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni fan, sport va turli to‘garaklarga keng jalb qilish, zamonaviy ta’lim usullaridan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi hamda ta’lim tizimi, ta’lim oluvchilarning huquq va majburiyatlari, ta’lim tashkilotlari faoliyati, ta’lim sifati va davlat nazoratiga oid muhim qoidalarni belgilaydi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan maktab mas’ullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Qonun talablarining amaliyotda to‘liq bajarilishini ta’minlash, mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish hamda o‘quvchilar uchun yanada qulay ta’lim sharoitlarini yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

📌 Deputatlik nazorati — qonunlar ijrosi, ta’lim sifati va yosh avlod manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2