Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI

☀️ QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri E. Mirzayev tomonidan deputatlik faoliyati doirasida “O‘rganilishi lozim bo‘lgan eng muhim qonunlar” asosida Yangi Tomdi qo‘rg‘onida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha qonun hujjatlari ijrosi o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda quyosh, shamol va boshqa qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda muqobil energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹 Jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga mo‘ljallangan qurilmalarning mavjudligi va ulardan foydalanish holati;
🔹 quyosh energiyasidan samarali foydalanish imkoniyatlari;
🔹 elektr energiyasini tejash va energiya samaradorligini oshirish;
🔹 zamonaviy, energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish;
🔹 muqobil energiya manbalaridan foydalanish orqali aholining energiyaga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash masalalari o‘rganildi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish energiya resurslarini tejash, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish hamda hududlarda zamonaviy va samarali energiya ta’minotini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish hamda qonun hujjatlarida belgilangan talablarning amaliy ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

📌 Deputatlik nazorati — qonunlar ijrosini ta’minlash, energiya samaradorligini oshirish va hudud taraqqiyotiga xizmat qiluvchi muhim yo‘nalishdir.

Slide 1 of 3