Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
#162_qonun

Toyloq tumanida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilalar mustahkamligini ta’minlash hamda ijtimoiy muammolarni barvaqt aniqlashga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi raisi D. Ulug‘boyeva, tuman hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N. Qambariddinova hamda tumandagi 50 ta mahallaning xotin-qizlar faollari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda erta turmush qurishning oldini olish, oilaviy ajrimlarni kamaytirish, notinch oilalar bilan manzilli ishlash, oilalarda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni tinch yo‘l bilan hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Shuningdek, xorijga mehnat qilish uchun ketgan xotin-qizlar bilan tizimli ishlash, ularning bandligini ta’minlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasidagi vazifalar muhokama qilindi.
Bu boradagi ishlar “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-son Qonun hamda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-562-son Qonun talablaridan kelib chiqib tashkil etilishi ta’kidlandi.
✅Xususan, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning sha’ni va qadr-qimmatini asrash, shuningdek, ayollar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalarida mahallalarda olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Yakunida mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, oilaviy muammolarni barvaqt aniqlash, ajrimlarning oldini olish va har bir murojaatga manzilli yondashish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2