Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
#24_masala

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri  N. Mo‘minova tomonidan vakant 10-Payshanbasiyob saylov okrugiga qarashli Qo‘shchinor mahallasida mahalla xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida xotin-qizlar bilan ishlash, oilaviy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ajrimlarning oldini olish, xorijga mehnat qilish uchun ketgan xotin-qizlarni munosib ish bilan ta’minlash va ularning muammolarini hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Shuningdek, mahallada notinch oilalar bilan manzilli ishlash, oilaviy nizolarni bartaraf etish va yarashuvga erishish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Bunda mahalla faollari, hoji onalar, otinoyilar, imom-xatiblar hamda nuroniy oqsoqollar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
✅Bundan tashqari, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy muammolarini o‘z vaqtida aniqlab, amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
✅Mahallalarda xotin-qizlar bilan tizimli ishlash, oilalar mustahkamligini ta’minlash va mavjud muammolarni manzilli hal etish borasidagi ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 2