Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Ko‘chalardagi muammolar joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 7-“Qipchoqariq” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Nazarova tomonidan “Vaqf chorsu” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan mahalla faollari va fuqarolar bilan fikr almashildi.

Aholi hamda ko‘cha boshi N.Abdullayev tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalardan biri Chortoq ko‘chasini asfaltlashtirish bilan bog‘liq bo‘ldi.

Fuqarolar ko‘chaning mavjud holati, ayniqsa, noqulay ob-havo sharoitlarida aholi harakatlanishiga qiyinchilik tug‘dirayotganini bildirib, yo‘lni ta’mirlash va unga asfalt qoplamasi yotqizish bo‘yicha amaliy yordam so‘radilar.

Shuningdek, Farog‘at va Chortoq ko‘chalarini asfaltlashtirish masalasi ham muhim muammolardan biri sifatida qayd etildi. Mahalla raisi tomonidan ushbu ko‘chalarning holati kuz-qish mavsumida aholiga turli noqulayliklar tug‘dirishi ta’kidlanib, mazkur masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish zarurligi bildirildi.

Ko‘tarilgan masalalar joyiga chiqqan holda batafsil o‘rganilib, mavjud holatni yaxshilash va aholi uchun qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Nazarova tomonidan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4