Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Nazarova tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Vaqf chorsu” mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

️O‘rganish davomida mahalla hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash hamda profilaktika ishlarini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, mahalla hududiga kirish va chiqish nuqtalarida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralarining mavjudligi, ularning uzluksiz ishlash holati, kuzatuv tizimlarining hududni qamrab olish darajasi hamda mazkur vositalardan jamoat xavfsizligini ta’minlashda samarali foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktika inspektori, mahalla faollari va boshqa mas’ul tuzilmalar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlari ham muhokama qilindi.

Fuqarolarning tinchligi va xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishda mahalla, profilaktika inspektori va jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adhamovlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5